O’QITUVCHILARGA

O’qituvchilarning dars ishlanmalari.

 

O’qituvchining zamonaviy qiyofasi.

Jamiyatning o’qituvchi oldida quyadigan asosiy talablari quyidagilardir: — shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomonidan tarbiyalashning, miliiy uyg’onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarini, moxiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruxida tarbiyalashi, o’z Vatani tabiatiga va oilasiga bo’lgan muxabbati; — keng bilimga ega bo’lishi, turli bilimlardan xabardor bo’lishi; — yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yoshlar fiziologiyasi xamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo’lishi; — o’zi dars beradigan fan bo’yicha mustahkam bilimga ega bo’lib, o’z kasbi, sohasi bo’yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo’lishi; — ta’limda tarbiya metodikasini egallashi; — o’z ishiga ijodiy yondashishi; — bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi; — pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo’lishi; — o’z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi, xar bir o’qituvchi ana shu talablarga to’la javob bera oladigan bo’lishiga intilishi shart. O’qituvchi jamiyat tomonidan qo’yilgan talablar bilan bir qatorda o’z faoliyatida tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati, xamkasblari, o’quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini xam esdan chiqarmasligi lozim. Videoni yuklab olish