13- DIUM da «Ta’limda – integrasiya»

Maktab yangiliklari

13- DIUM da «Ta’limda – integrasiya» nomli viloyat miqyosidagi seminar o’tkazildi. Seminarda viloyatimizdagi tuman va shahar maktablaridan 100 nafardan ziyod o’qituvchilar ishtirok etdi. Ta’lim muassasasining kirish qismida mehmonlarni kutib olish tadbiri bo’lib o’tdi. Maktabning musiqa to’garagi ishtirokchilari tomonidan musiqiy, ijodkor o’qituvchilar tomonidan esa «Navoiy xazinasidan javohirlar» mavzusida badiiy chiqishlar namoyish qilindi. Seminar ishtirokchilari maktabdagi «So’g’diyona» muzeyiga sayohat qilishdi. Shundan so’ng innovatsion g’oyalar asosida ochiq darslar uyushtirildi. Ta’lim – tarbiya sifati hamda mazmuniga innovatsion go’yalarni joriy etish maqsadida tashkil etilgan seminar so’ngida o’qituvchilar tadbir, ochiq darslar, innovatsion g’oyalar bo’yicha o’zaro fikr almashishdi.

  

  

  

  

  

Fikr bildirish